(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz г. Бухара, улица Пиридастгир, дом 2
shape
shape

🔴🟦🟦🟦 🟦🟦

🔴🟦🟦🟦 🟦🟦

🔴🟦🟦🟦 🟦🟦

Ayni damda Buxoro davlat pedagogika instituti Musiqa va tasviriy san'at kafedrasi tomonidan Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan "Nazm va Navo" maqom kechasi bo'lib o'tmoqda.

Tadbirni Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti dekani Nodir Yadgarov kirish so'zi bilan ochib berib, milliy musiqa va mumtoz adabiyotning yoshlar ma'naviy kamolotidagi o'rni, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda ularni kelajak avlodga yetkazishning ahamiyati haqida so'z yuritdi.

Ma'naviyat va san'at uyg'unlashgan ushbu kechada maqomning jozibador ohanglari, mumtoz adabiyotimizning durdona namunalari hamda yosh ijodkorlarning mahoratli chiqishlari tomoshabinlarga taqdim etilmoqda. Tadbir davomida milliy musiqamizning bebaho merosi, xalqimizning boy madaniyati va asrlar davomida sayqallanib kelgan san'at an'analari keng targ'ib qilinmoqda.

Kechada professor-o'qituvchilar, talaba-yoshlar hamda san'at ixlosmandlari ishtirok etib, nazm va navo orqali qalblar birlashmoqda. Maqomning nafis taronalari va she'riyatning teran ma'nolari yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga sadoqat hamda san'atga cheksiz mehr tuyg'ularini yanada mustahkamlamoqda.

"Nazm va Navo" — milliy maqom, mumtoz she'riyat va ma'naviyat uyg'unlashgan unutilmas kecha.