(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz 2 Piridastgir Street, Bukhara City
shape
shape

Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar diqqatiga!

Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar diqqatiga!

O'zbekiston Respublikasi ta'lim tashkilotlariga qabul qilish bo'yicha davlat komissiyasi majlisining 2026-yil 14-iyuldagi 62-2-sonli bayoniga muvofiq, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlarning davlat granti asosida oliy ta'lim olishlari uchun imkoniyat yaratilgan.

Shu munosabat bilan, Buxoro davlat pedagogika institutida "O'zbek tili va adabiyoti" bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha tahsil olish istagida bo'lgan xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar mazkur imkoniyatdan foydalanishlari mumkin.

Talabgorlar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • fuqaroligi to'g'risidagi ma'lumot;
  • pasport yoki ID hujjati nusxasi;
  • tanlangan ta'lim yo'nalishi bo'yicha ma'lumot;
  • belgilangan tartibda talab etiladigan boshqa hujjatlar.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun Buxoro davlat pedagogika instituti Xalqaro hamkorlik bo'limiga murojaat qilishingiz mumkin.

Mas'ul bo'lim: Xalqaro hamkorlik bo'limi
Murojaat uchun telefon: +998 93 586 48 45