

O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi o'quv yilini munosib kutib olish va yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Buxoro davlat pedagogika institutida tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda.
Shu munosabat bilan institutning Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori Umedjanova Malika Lukmanovna boshchiligida institut zamdekanlari hamda fakultet tyutorlari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.
Yig'ilish davomida:
Shuningdek, yangi o'quv yilini munosib boshlash, talabalarga qulay va sog'lom ma'naviy muhit yaratish hamda institut jamoasining yagona maqsad yo'lida hamjihatlik bilan faoliyat olib borishini ta'minlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
Yangi O'zbekiston taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va yoshlar kelajagi yo'lida birgalikda harakat qilamiz!