Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

RAYIMOV AVAZ RUSTAMOVICH

team image

RAYIMOV AVAZ RUSTAMOVICH

Dotsent

Buxoro davlat pedagogika instituti biologiya kafedrasi dotsenti. 1978-yil Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida tavallud topgan. G‘ijduvon tumanidagi 41- umumta’lim maktabini a’lo baholarda tamomlagan. Buxoro davlat universitetida bakalavr (biologiya), magistratura (zoologiya)ni o‘qib tugatgan. Dastlab, Buxoro davlat universiteti zoologiya kafedrasida o‘qituvchi, 2020-2023-yillarda Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2023-yil Buxoro davlat universiteti Zoologiya va umumiy biologiya kafedrasi dotsenti 2023-2024-yillarda Buxoro davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti, 2024-yil h.v Buxoro davlat pedagogika instituti biologiya kafedrasi dotsenti lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda. Mehnat faoliyati davomida “Zoologiya”, “O`simliklar fiziologiyasi”, “Ekologik barqarorlik”, “Genetika” va boshqa bir qator fanlardan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini olib borgan. O‘qitilayotgan o‘quv fanlari bo‘yicha ishchi o‘quv dasturlar va o‘quv uslubiy majmualar, sillabuslar yaratgan. Bugunga qadar 120 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar Respublikamizning ilmiy jurnallarida 45 ta va xorijiy jurnallarda 35 ta shuningdek, 6 ta o‘quv qo‘llanma, 9 ta uslubiy qo‘llanma, 2 ta monografiya, 2 ta mualliflik guvohnomasi, 7 ta scopus Web of Conferences, xalqaro va respublika miqyosidagi anjumanlar materiallarida 14 ta tezis chop ettirgan.

Telefon raqam:
+998906128943
Elektron pochta:
rayimov78@bk.ru
Scopus ID:
58408846300
ORCID:
0000-0001-6265-1958
Google scholar:
Google scholar

zoologiya

Ilmiy daraja: Fan nomzodi, PhD

Ilmiy unvon: Dotsent

yo'q

zoologiya, genetika va seleksiya asoslari, biologiyadan masala yechishning metodik asoslari

“Zoologiya”, “Ekologik barqarorlik”, “Genetika” va boshqa bir qator fanlardan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini o‘quv reja asosida olib borish.“Zoologiya”, “Ekologik barqarorlik”, “Genetika” va boshqa bir qator fanlardan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini o‘quv reja asosida olib borish.