Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

HIKMATOVA NIGINA AKMALOVNA

team image

HIKMATOVA NIGINA AKMALOVNA

Assistent

Hikmatova Nigina Akmalovna 1994-yil 31-may kuni Buxoro shahrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Oliy ma’lumotli. Oilali, ikki nafar farzandi bor. 2001–2010-yillarda Buxoro shahridagi 39-IDUMda o‘rta ta’limni tamomlagan. 2010–2013-yillarda BuxDU qoshidagi 4-son akademik litseyda tahsil olgan. 2014-yilda Buxoro davlat universitetining Xorijiy tillar va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishiga o‘qishga kirib, 2018-yilda bakalavr bosqichini tamomlagan. 2020–2022-yillarda shu oliygohning magistratura bosqichida tahsil olib, muvaffaqiyatli yakunlagan. Magistratura davrida xalqaro va respublika miqyosidagi konferensiyalarda faol qatnashib, bir nechta tezis va maqolalar chop ettirgan. 2023-yildan boshlab Buxoro davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasida, 2024-yildan esa Ingliz tili va adabiyoti kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2020-yil noyabr oyidan buyon "Ingliz va o‘zbek tillarida aoronimlarning lingvo-poetik tadqiqi" mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Ushbu tadqiqot doirasida 15 dan ortiq maqola va tezis nashr ettirgan, jumladan: 4 ta maqola Mahalliy OAK ro‘yxatiga kiritilgan jurnallarda, 5 ta maqola Xorijiy OAK ro‘yxatidagi jurnallarda, 4 ta maqola turli konferensiyalar to‘plamlarida chop etilgan. Ushbu tarjimai hol Buxoro davlat universitetining Ilmiy bo‘limiga topshirish uchun tayyorlandi.

Telefon raqam:
+998906135753
Elektron pochta:
hikmatovanigina@buxdpi.uz
ORCID:
https://orcid.org/0000-0002-0132-6876?lang=en
Google scholar:
Google scholar

Adabiyotshunoslik: ingliz adabiyoti

Ingliz tili nazariy kursi, Ingliz tili stilistikasi

  1. O‘qituvchi-assistent lavozim vazifalari:

O‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha:

    • Ta’lim beradigan fanidan yoki o‘quv mashg‘ulotining alohida turlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy ishlarini tashkil etadi va o‘tkazadi;
    • O‘quv reja va o‘quv dasturlarini bajarilishini ta’minlaydi;
    • Amaliy va seminar mashg‘ulotlari, laboratoriya ishlari, ishlab chiqarish amaliyoti va uy vazifalari bo‘yicha kurs ishlari (loyihalari) ga uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqadi;
    • Talabalarning mustaqil va individual ishlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar uchun topshiriqlar tuzadi;
    • O‘quv jarayoniga axborot-kommunikatsion texnologiyalarini tadbiq etadi;
    • Talabalarning laboratoriya ishlari va amaliy mashg‘ulotlarning bajarishini tekshiradi va nazorat qiladi;
    • Kafedraning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va takomillashtirishda ishtirok etadi.
    • Talabalar tomonidan uy vazifalarining bajarilishi, ularning o‘quv mashg‘ulotlari davomida mehnatni muxofaza qilish qoidalariga rioya qilishini nazorat qiladi.
    • Tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va

tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish;

    • O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida zamonaviy o‘quv texnika vositalaridan va yakka tartibda o‘qitish, mustaqil ta’lim olish vositalaridan foydalanish.
    • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda institutning tegishli

ta’lim         platformalari           bilan        ishlaydi,        tegishli        ma’lumotlarni          bazaga kiritilishini ta’minlaydi;

Ilmiy ishlar bo‘yicha:

    • Ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib boradi;
    • Talabalarning ilmiy to‘garak ishlarini tashkil etadi va olib boradi.
    • Iktidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustakil tayyorlanish shakl va uslublarini takomillashtirish; auditoriya ishlarini optimizatsiyalashtirish xisobiga mustakil tayyorlanish xajmini oshirish buyicha choralar ko‘radi;
    • Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan lavozim vazifalaridan kelib chiqib bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishi;
    • Xorijiy til o‘qituvchilari uchun (ilmiy daraja va unvondan qat’iy nazar) S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim;

Tarbiyaviy ishlar bo‘yicha:

  • Talabalarning ma’naviy va axloqiy sifatlarini rivojlantiradi;
  • Talabalar turar joyi va binolarda navbatchilik qiladi hamda oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etadi;
    • Talabalar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil etadi va tadbirlarda ishtirok etadi.
  • Institutning jamoat   ishlarida   qatnashish   va   jamoat   topshiriklarini

bajarishni uz zimmasiga oladi;

    • Institutning Ustavi, ichki tartib qoidalari, odob axlok kodeksi, ijro intizomi, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, rektor buyruqlari (topshiriqlari), ta’lim tizimiga doir hujjatlar, institutning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda quyilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek o‘zining xizmat vazifalariga rioya etadi;

 

Bilishi kerak:

  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Milliy mustaqillikning asoslari va tamoyillari;
  • O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, oliy ta’limga oid Oliy Majlis palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarorlari va farmoyishlari;
  • Faoliyatga oid O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari;
  • Oliy ta’limning normativ-huquqiy hujjatlari, davlat ta’lim standartlari, ta’lim yo‘nalishi (mutaxassislik)malaka talablari, o‘quv reja va dasturlari;
  • Talabalarining        bilim       malaka    va    ko‘nikmalarni     reyting      nazoratlarni rejalashtirish, tashkil etish va o‘quv-uslubiy ta’minoti asoslari;
  • Uslubiy,        ilmiy-uslubiy,           ilmiy-tadqiqot           ishlarini          tashkil        etish texnologiyalari;
  • Ta’lim va tarbiyaning zamonaviy shakl va usullari;
  • O‘quv jarayonini tashkil etish asoslari;
  • Iqtidorli talabalar bilan ishlashni tashkil etish;
  • Etika va nutq madaniyati masalalari;
  • Chet tillardan birida muloqot qila olish;
  • Intellektual mulkni rasmiylashtirish mexanizmlari ;
  • Shaxsiy kompyuterlarda ishlash uchun zaruriy talablar;
  • Mehnat muhofazasi va yong‘in xavfsizligi qoidalari.

Malaka talablari:

O‘qituvchi lavozimi malaka talablari:magistr (diplomli mutaxassis) bitta va undan ortiq fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy ishlanmalar muallifi, kamida 3 yillik pedagogik, tarbiyaviy va ijtimoiy sohada ish staji yoki fan nomzodi darajasi-2 yilgacha ish staji.

    • Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan lavozim vazifalaridan kelib

chiqib bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishi;

    • Xorijiy til o‘qituvchilari uchun (ilmiy daraja va unvondan qat’iy nazar) S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim;