Katta o‘qituvchi
2003 yilda O‘zbekiston Milliy universitetining siyosatshunoslik yo‘nalishini, 2011 yil O‘zbekiston Milliy universitetining amaliy siyosatshunoslik ixtisosligini tugatgan. Buxoro shahar hokimligi huzuridagi F.Xo‘jayev tuman hokimligi ma‘naviy-ma‘rifiy masalalar bo‘limi boshlig‘i, Buxoro shahar 35-maktab o‘qituvchisi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Buxoro viloyat bo‘limi Kengashi madaniyat, ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘limi mudiri, harakatning matbuot kotibi, O‘zbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi Buxoro shahar Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi rais o‘rinbosari, Buxoro shahar 9-maktab direktor o‘rinbosari, O‘zbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi Buxoro viloyat Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi mafkurafiy, ma‘naviy-ma‘rifiy masalalar bo‘lim boshligi – bosh mutaxassisi, Buxoro davlat tibbiyot instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, Buxoro viloyat hokimligi huzuridagi Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari o‘quv-metodik va tashkiliy masalalar bo‘limi boshlig‘i (o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari), 2022 yil dekabrdan buyon Buxoro davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Ilmiy faoliyati davomida 2 ta risola, 1 ta monografiya, 1 ta metodik ko‘rsatma, 100 ga yaqin ilmiy maqolalar nashr ettirgan.
amaliy siyosatshunoslik
Mediasavodxonlik va axborot madaniyati, Geosiyosat asoslari, Jahon siyosiy mafkuraviy ta‘limotlar tarixi, Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari, Falsafa