Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

ZOIROVA HILOLA INOYATOVNA

  • Bosh sahifa
  • Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti
team image

ZOIROVA HILOLA INOYATOVNA

Tyutor

1991-1995 yillarda Navoiy davlat instituti talabasi 1995-2004 yillarda Shofirkon tuman 1-umumta'lim maktabida Boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi 2004-2007 yillarda Qorovulbozor tuman 1umumta'lim maktabida Boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi 2007-2022 yillarda Shofirkon tuman 13 umumta'lim maktabida Boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi 2022yil 1-martdan Buxoro davlat pedagogika institutida Tillar fakultetida tyutor 2025yil 15-sentabrdan Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakultetida tyutor lavozimida ishlayapman

Telefon raqam:
+998936838190
Elektron pochta:
zoirovahilola971@gmail.com

boshlang‘ich ta'lim

. Tyutorlik faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:talabalarning oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim-tarbiya jarayonlariga moslashuviga, axborot-resurslari va boshqa manbalardan samarali foydalanishiga koʻmaklashish hamda shaxsiy-kasbiy qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan yakka va jamoaviy maslahatlar berib borish, ichki tartib-qoidalar, odob-axloq kodeksi hamda boshqa lokal hujjatlar bilan talabalarni tanishtirish;

talabalarni vatanparvarlik, bagʻrikenglik, qonunlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli taʼsirlarga qarshi tura oladigan, hayotga boʻlgan qatʼiy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash;

talabalarda sogʻlom turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdek, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va jismoniy tarbiya bilan muntazam shugʻullanishini taʼminlash;

nogironligi boʻlgan, yetim, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni hamda ijtimoiy-madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy hayotida faol ishtirok etayotgan talabalarni ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar kiritish;

talabalarning yashash manzillari (talabalar turar joyi, ijara, yaqin qarindoshi va xususiy xonadonlar) boʻyicha muntazam monitoring yuritish hamda u yerdagi sharoit va talabalarning ijtimoiy (oilaviy) holatidan xabardor boʻlish, ularning bu boradagi muammolarini oʻrganib, uni bartaraf etish boʻyicha rahbariyatga tegishli takliflar kiritish;

talabalarning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda ularni farzandining oʻquv-tarbiyaviy va ijtimoiy-maishiy sohalardagi faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan xabardor qilib borish.