shape
shape

Buxoro davlat pedagogika institutida rektor oldi yig‘ilishi o‘tkazildi

  • Bosh sahifa
  • Buxoro davlat pedagogika institutida rektor oldi yig‘ilishi o‘tkazildi
Event Image

Buxoro davlat pedagogika institutida rektor oldi yig‘ilishi o‘tkazildi

Buxoro davlat pedagogika institutida navbatdagi rektor oldi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda institut faoliyatining muhim yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan ishlar natijalari hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.Yig‘ilish avvalida “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida fakultetlar kesimida bitiruvchilar soniga nisbatan imtiyozli kreditlarni o‘zlashtirish hamda 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchilarining bandligini ta’minlash borasida olib borilgan ishlarning haftalik natijalari tahlil etildi. Ushbu yo‘nalishda mavjud yutuqlar bilan bir qatorda, samaradorlikni yanada oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.Shuningdek, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan ishlar ham muhokama markazida bo‘ldi. Jumladan, to‘garaklar faoliyatini o‘rganish haftaligini tashkil etish, “She’riyat shaydosi” ko‘rik-tanlovining fakultet bosqichlarini yakunlab, institut bosqichini yuqori saviyada o‘tkazish hamda viloyat miqyosidagi “Yurish marafoni”ga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi.Yig‘ilish davomida institutning 2026-yilda amalga oshiriladigan asosiy ustuvor vazifalari, “Yo‘l xaritasi” ijrosi hamda belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish darajasi yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.Bundan tashqari, 2026-yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturi ijrosi, mavjud loyihalarning borishi va ularning samaradorligini oshirish choralari muhokama qilindi.Kun tartibidagi muhim masalalardan yana biri – institutda ijro intizomi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari hamda vazirlik topshiriqlarining bajarilish holati, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘ldi. Bu borada mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.Yig‘ilish yakunida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.