
Braziliyaning Foz de Iguasu shahrida “World Boxing” kubogining birinchi bosqich bahslari hamda final uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
48 kg vazn toifasi final jangida Buxorolik sportchi, Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi Farzona Fozilova meksikalik raqibi Fatima Erreraniga qarshi ringga chiqdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahsda Farzona Fozilova 4:1 hisobida ishonchli g‘alaba qozonib, “World Boxing” tashkiloti kubogining mutlaq g‘olibasiga aylandi.
Ushbu yutuq nafaqat sportchimiz, balki Buxoro va O‘zbekiston boksi uchun ham katta faxr hisoblanadi!
Farzona Fozilovani ushbu yorqin g‘alaba bilan tabriklaymiz!

