(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Yoshlar salohiyatini qo'llab-quvvatlash — eng muhim vazifa

Yoshlar salohiyatini qo'llab-quvvatlash — eng muhim vazifa

Yoshlar salohiyatini qo'llab-quvvatlash — eng muhim vazifa

"Qizlar akademiyasi" va "Mutolaa" loyihalari doirasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Yurtimizda yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual, ijodiy va kasbiy salohiyatini yuksaltirish, shuningdek, xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Buxoro viloyati hokimligining 2026-yil 15-iyundagi yig'ilish bayonining 60-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida ta'lim muassasalari hamda yoshlar tashkilotlari hamkorligida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish, ularning dunyoqarashini boyitish va mutolaa madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan "Mutolaa" loyihasi, shuningdek, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi, bilim va ko'nikmalarini oshirishga xizmat qiluvchi "Qizlar akademiyasi" loyihalari doirasida qator ma'rifiy va amaliy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Mazkur loyihalar orqali yoshlarning:

  • intellektual salohiyatini rivojlantirish;
  • kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish;
  • zamonaviy bilim va ko'nikmalarni egallashiga ko'maklashish;
  • ijodiy va ijtimoiy faolligini oshirish;
  • bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Yosh avlodni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning bilim olishga bo'lgan qiziqishini oshirish va jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta'minlashga qaratilgan bunday ezgu tashabbuslar bundan buyon ham izchil davom ettiriladi.