

Hurmatli professor-o'qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalar!
So'nggi vaqtlarda Telegram messenjeri orqali institut professor-o'qituvchilari yoki talabalari nomidan turli mazmundagi xabarlar yuborilishi, ayrim hollarda esa shaxsiy ma'lumotlar, pul mablag'lari yoki boshqa talablar bilan murojaat qilinishi mumkin.
Shuni alohida ta'kidlaymizki, bunday xabarlar har doim ham aynan xabarda ko'rsatilgan shaxs tomonidan yuborilgan bo'lmasligi mumkin. Begona shaxslar ustozlar yoki talabalar nomidan foydalanib, siz bilan turli yo'llar orqali bog'lanishga urinishi ehtimoldan xoli emas.
Shu munosabat bilan barcha professor-o'qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalarni hushyor va ogoh bo'lishga chaqiramiz.
Agar sizga:
shoshilinch xulosa qilmang va hech qanday ma'lumot yoki mablag' yubormang.
Avvalo xabar yuborgan shaxs bilan boshqa aloqa vositasi orqali bog'lanib, ma'lumotni qayta tekshiring.
Ogohlantiramiz: har qanday xabarga ishonishdan oldin uning manbasi va haqiqiyligini tekshiring!
Barchangizdan internet va messenjerlardan foydalanishda mas'uliyatli bo'lish, firibgarlik va turli noqonuniy holatlarning oldini olish uchun doimo hushyorlikni saqlashni so'raymiz.
Buxoro davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati