(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Xalqaro va mahalliy grantlarga hujjat topshirish bo'yicha amaliy kurs

  • Bosh sahifa
  • E'lon
  • Xalqaro va mahalliy grantlarga hujjat topshirish bo'yicha amaliy kurs
Xalqaro va mahalliy grantlarga hujjat topshirish bo'yicha amaliy kurs

Xalqaro va mahalliy grantlarga hujjat topshirish bo'yicha amaliy kurs

Buxoro davlat pedagogika instituti Inkubatsiya markazi professor-o'qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar hamda iqtidorli talabalarni grant loyihalarini tayyorlash bo'yicha amaliy o'quv kursiga taklif etadi.

Kursda:

  • mos grant dasturlarini izlash va tanlash;
  • Erasmus+, Horizon Europe, DAAD, KOICA, JICA, British Council kabi dasturlar imkoniyatlari;
  • grant loyihasi g'oyasini shakllantirish;
  • grant arizasi va loyiha byudjetini tayyorlash;
  • hamkor tashkilotlarni topish va konsorsium tuzish;
  • motivatsion xat va zarur hujjatlarni tayyorlash;
  • ariza topshirishda uchraydigan xatolarni bartaraf etish bo'yicha amaliy bilimlar beriladi.

Kurs yakunida ishtirokchilar grant imkoniyatlarini mustaqil izlash, loyiha ishlab chiqish va hujjatlarni xalqaro talablar asosida tayyorlash ko'nikmasiga ega bo'ladilar.

Yaxshi g'oya — katta imkoniyat. Uni grant loyihasiga aylantirishni biz bilan o'rganing!