

Yoshlar – Yangi O‘zbekistonning bunyodkor kuchi, Vatanimizning ishonchli tayanchi va yorqin kelajagidir. Bugun sizlarning bilim olishingiz, iste’dodingizni ro‘yobga chiqarishingiz va yuksak marralarni zabt etishingiz uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda.Buxoro davlat pedagogika instituti talabalari ilm-fan, ta’lim, sport va jamoat hayotidagi yutuqlari bilan institutimiz va yurtimiz nufuzini yuksaltirib kelmoqda. Sizlarning har bir muvaffaqiyatingiz biz uchun g‘urur va iftixor manbaidir.
Aziz yoshlar, Vatanga sadoqat, ilmga intilish va ezgu maqsadlaringiz sizni doimo ulkan zafarlarga yetaklasin!
Barchangizga mustahkam sog‘liq, cheksiz g‘ayrat, ulkan yutuqlar va porloq kelajak tilayman.
Hurmat bilan,
Bahodir Ma'murov
Buxoro davlat pedagogika instituti rektori