(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz 2 Piridastgir Street, Bukhara City
shape
shape

⚽️ Another victory at the New Uzbekistan Students' Olympiad!

  • Home
  • News
  • ⚽️ Another victory at the New Uzbekistan Students' Olympiad!
⚽️ Another victory at the New Uzbekistan Students' Olympiad!

⚽️ Another victory at the New Uzbekistan Students' Olympiad!

Yangi O'zbekiston talabalar olimpiadasi doirasida sport musobaqalarining futbol turi bo'yicha O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti maydonida navbatdagi qiziqarli bahs bo'lib o'tdi.

Buxoro davlat pedagogika instituti hamda Andijon davlat universiteti jamoalari o'zaro kuch sinashdilar. Murosasiz va shiddatli kechgan bahs yakuniga ko'ra, Buxoro davlat pedagogika instituti talabalari raqiblarini 2:1 hisobida mag'lub etib, navbatdagi muhim g'alabani qo'lga kiritdilar.

"Jamoamiz talaba-yoshlarimizning fidokorona sa'y-harakatlari va matonati evaziga g'alabani qo'lga kiritib, yarim final bahslariga yo'llanmani qo'lga kiritdi."