(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Muqaddas qadamjolar sari velosayohat

Muqaddas qadamjolar sari velosayohat

Muqaddas qadamjolar sari velosayohat

Bugun Buxoro davlat pedagogika instituti professor-o'qituvchilari, ishchi-xodimlari hamda talabalari an'anaviy "Ziyorat velomarafoni" doirasida Buxoroning muqaddas va tarixiy maskanlaridan biri — Chor Bakr yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdilar.

Erta tongdan boshlangan ushbu velosayohat ishtirokchilarga nafaqat sog'lom turmush tarzini targ'ib etish, balki yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkonini ham berdi.

Velomarafon davomida jamoaviylik, hamjihatlik va faol hayot tarzi g'oyalari yanada mustahkamlandi. Ayniqsa, bunday ezgu tashabbuslarning muntazam tashkil etilishi yoshlar va jamoa a'zolarini sog'lom turmush tarziga jalb etish bilan birga, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Buxoro davlat pedagogika instituti jamoasi sog'lom hayot va ezgu maqsadlar sari harakatni davom ettiradi!