

Endi talabalarning nafaqat darsdagi o‘zlashtirishi, balki institut hayotidagi ijtimoiy faolligi ham raqamli tizim orqali baholanadi.
Tizimdan foydalanish tartibi juda oddiy:
my.hemis.uz platformasi yoki HEMIS mobil ilovasiga kiring;
menyudan “Ijtimoiy faollik” bo‘limini tanlang;
ariza yaratish tugmasini bosing va faoliyatingizni tasdiqlovchi hujjatlarni yuklang.
Ijtimoiy faollik indeksi uchun maksimal 20 ball beriladi. Talabaning faoliyati quyidagi 9 ta yo‘nalish bo‘yicha 100 ballik mezon asosida baholanadi:
Kitobxonlik madaniyati, “5 muhim tashabbus” doirasidagi ishtirok, volontyorlik ishlari, fan olimpiadalari va tanlovlar, teatr va muzeylarga tashriflar, sport va sog‘lom turmush tarzi, o‘quv darslariga to‘liq qatnashish, akademik tartib-intizomga rioya qilish, “Ma’rifat darslari” va boshqa tadbirlar.
Siz kiritgan ma’lumotlar institut tyutori tomonidan ko'rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Davomat va o‘zlashtirish natijalari esa HEMIS tizimi orqali avtomatik tarzda shakllanadi.
Shoshiling arizalar 2026-yil 6-iyul kuniga qadar qabul qilinadi.