(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

"Birinchi qo'ng'iroq" — yangi orzular va ezgu niyatlar boshlanishi

"Birinchi qo'ng'iroq" — yangi orzular va ezgu niyatlar boshlanishi

"Birinchi qo'ng'iroq" — yangi orzular va ezgu niyatlar boshlanishi

Xalq deputatlari Buxoro shahar kengashi deputati, Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma'murov o'zi ta'lim olgan Buxoro shahridagi 11-umumta'lim maktabida bo'lib o'tgan "Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostidagi "Birinchi qo'ng'iroq" tadbirida ishtirok etdi.

Yangi o'quv yili — yangi imkoniyatlar sari ilk qadam. Ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo'yayotgan jajji o'quvchilar uchun bu kun hayotlaridagi eng unutilmas va hayajonli kunlardan biridir. Tadbirda 1-sinfga qadam qo'ygan bolajonlarning beg'ubor quvonchi, ota-onalarning faxri va ustozlarning samimiy tilaklari mujassam bo'ldi.

Bahodir Ma'murov uchun ushbu maskanning o'rni alohida. U o'zining ilk bilim va tarbiya saboqlarini aynan shu maktabda olgan. Yillar o'tib, ushbu dargohga rahbar va pedagog sifatida qaytib kelishi ustozlar mehnati, maktab tarbiyasi va ta'limning inson hayotidagi beqiyos o'rnini yana bir bor namoyon etdi.

Tadbir doirasida Buxoro davlat pedagogika instituti Kasaba uyushmasi tomonidan maktab kutubxona fondini boyitishga alohida e'tibor qaratildi. Institut rektori Bahodir Ma'murov tomonidan maktab kutubxonasiga o'quvchilar uchun mo'ljallangan turli mazmundagi badiiy, ilmiy-ma'rifiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega kitoblar o'qish uchun tuhfa qilindi. Mazkur ezgu tashabbus o'quvchilarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning mutolaa qilishga bo'lgan qiziqishini oshirish hamda bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.

Shuningdek, Prezidentimiz tashabbusi bilan yangi o'quv yilida ilk bor maktabga qadam qo'yayotgan 1-sinf o'quvchilariga 12 turdagi o'quv qurollaridan iborat "Prezident sovg'alari" topshirildi. Bu ezgu an'ana nafaqat yoshlarni bilim olishga rag'batlantiradi, balki ta'limning qadri va ahamiyatini chuqur his qilishlariga xizmat qiladi.

Ushbu ezgu tashabbus bolajonlarni yangi o'quv yiliga ko'tarinki kayfiyatda boshlashga undab, ularda bilim olishga bo'lgan qiziqish va intilishni yanada kuchaytiradi. Birinchi kitob, ilk daftar va o'quv qurollari — bola xotirasida maktab bilan bog'liq eng yorqin xotiralardan biri bo'lib qoladi.

Jaranglagan ilk qo'ng'iroq esa har bir o'quvchini bilim sari, orzular sari, yangi marralar sari chorlagandek yangradi.