

Tantanali tadbirdan so'ng Buxoro davlat pedagogika institutida O'zbekiston Respublikasidagi Koreya Respublikasi Elchixonasi huzuridagi Toshkent Koreya ta'lim markazi direktori Lee Young Woong, Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Ma'murov Bahodir Baxshulloyevich, institut rahbariyati hamda koreys tili professor-o'qituvchilari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida Buxoro viloyatida koreys tili ta'limini yanada rivojlantirish, ta'lim sifatini oshirish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini mustahkamlash hamda o'quvchi va talabalarga yaratilayotgan imkoniyatlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, kelgusida koreys tili o'qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari, seminar va treninglar tashkil etish, ilg'or pedagogik tajribalarni ommalashtirish, o'zaro tajriba almashish, shuningdek, talaba-yoshlar uchun ta'limiy va madaniy loyihalarni amalga oshirish bo'yicha istiqbolli rejalar belgilab olindi.
Uchrashuvda Buxoro davlat pedagogika institutida Koreys tili yo'nalishini yanada rivojlantirish, malakali mutaxassislar tayyorlash va Koreya Respublikasining ta'lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirishga alohida e'tibor qaratildi.
Muloqot yakunida Lee Young Woong va Ma'murov Bahodir Baxshulloyevich ikki tomonlama hamkorlikni yangi mazmun bilan boyitish, mavjud loyihalarni rivojlantirish hamda kelgusida yangi qo'shma tashabbuslarni amalga oshirish muhimligini ta'kidladilar.
Mazkur uchrashuv O'zbekiston va Koreya Respublikasi o'rtasidagi ta'limiy hamkorlikni mustahkamlash, Buxoro viloyatida koreys tili ta'limini yangi bosqichga olib chiqish va yoshlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish yo'lidagi muhim qadam bo'ldi.